Yangihayot tumani hokimi Minerva city majmuasini qurayotgan hindistonlik tadbirkor ustidan sudda yutib chiqilgani va 100 gektar maydon davlatga qaytarilganini ma’lum qildi. “Tadbirkorning o‘zi uyga to‘lov qilganlarga pullarini qaytarib berdi”, dedi u. Majmua o‘rnida yana uy-joy qurilishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni shantajda ayblagan hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalanning bayonotini tekshirishga kirishdi.
Minerva city, Lake city va boshqa qator loyihalarni amalga oshirayotgan hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalan Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni shantajda aybladi. Hokimlik buni davlat xizmatchisini obro‘sizlantirishga urinish deb e’lon qilib, Bosh prokuraturaga ariza berilayotganini bildirdi.
JARda korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanib, ta’qib qilib kelingan va AQSh moliya vazirligi tomonidan sanksiyalar qo‘llanilgan hamda O‘zbekistonda yirik biznes loyihalarini amalga oshirayotgan aka-uka Guptalar BAAda qo‘lga olindi.
JARda korrupsiyada ayblanib, ta’qib qilinayotgan va AQSH moliya vazirligi tomonidan sanksiyalar qo‘llanilgan aka-uka Guptalar hozirda O‘zbekistonda, deb yozmoqda Hindistonning Zee Business nashri. Avvalroq OAV Guptani O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan Jalan oilasi bilan bog‘lagan edi. Murari Jalanning vakillari uning aka-uka Guptalar bilan biznes aloqalari yo‘qligini ta’kidlashmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting